Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

MAKTAB DIREKTORLARI O‘QUVI

Bugungi kunda har bir rahbar zamon bilan hamnafas bo‘lishi, hamqadam odimlashi talab etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim hamda Xalq ta'limi vazirliklarining 2017 yil 8 noyabrdagi 72 q/q 65-sonli “Xalq ta'limi tizimidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablari direktorlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurs­larini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bu borada qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi.

2018 yil 4-11 yanvar kunlari mazkur qaror asosida viloyat xalq ta'limi bosh­qarmasi tasarrufidagi barcha umumta'lim maktablari direktorlari uchun “Zamonaviy ta'lim tizimida bosh­qaruv sifatini kuchaytirish” mavzusida o‘quv kurslari tashkil etildi. O‘quv kursida viloyatimizdagi umumta'lim maktablari direktorlari rahbarlik vazifasining yangi qirralarini o‘rgandilar.

Ushbu qisqa muddatli o‘quv jarayonida maktab rahbarlari Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilarining mavzuga oid ma'ruzalarini tingladilar.

— Direktorlar o‘quvidan katta taassurot oldik, — deydi, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 75-umumta'lim maktabi direktori Erkin Isroilov. — Ayniqsa, “Ta'lim jarayonlarini boshqarishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari”, “Ta'lim sifatini ta'minlash bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalar” mavzularidagi ma'ruzalardan zamonaviy maktab rahbari qanday sifatlarga ega bo‘lishini chuqurroq tushundik. O‘rganganlarimizni amaliyotda qo‘llab ta'lim sifatini oshiramiz.

Ochiqlik va oshkoralik ruhida tashkil etilgan ushbu malaka oshirish kurslarida bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirgan maktab direktorlari o‘quv yakunida onlayn tarzida test sinovlarini topshirishdi.


Oxirgi o‘zgarish: 26/02/2018 14:50;   Ko‘rilganligi: 136
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/maktab-direktorlari-oquvi
Chop etilgan vaqti: 19/08/2019 02:59
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing