Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Maktabga Yaponiya granti taqdim etildi

Yaponiya hukumati tomonidan Oqdaryo tumanidagi 40-umumta'lim maktabiga 108 mln., 968 ming so‘m miqdorida “Kichik miqdordagi grant” mablag‘i ajratildi.

Joriy yilning 7 mart kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston –Yaponiya inson resurslarini rivojlantirish markazida bo‘lib o‘tgan grant mablag‘lari bo‘yicha shartnomalarni imzolash marosimida Oqdaryo tumanidagi 40-umumta'lim maktabi direktori Hamroqul Ma'rupov ishtirok etib, Yaponiya hukumati tomonidan Oqdaryo tumanidagi 40-umumta'lim maktabiga “Kichik miqdordagi grant” mablag‘i ajratilganligi to‘g‘risida Yaponiya hukumati elchisi bilan ikki tomonlama shartnoma imzolandi.

Ushbu mablag‘ ta'lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga xizmat qiladi.


Kiritilgan vaqti: 11/03/2017 12:16;   Ko‘rilganligi: 64
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/maktabga-yaponiya-granti-taqdim-etildi
Chop etilgan vaqti: 17/06/2019 20:10
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing