Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

MAKTABLAR CHIROY OCHMOQDA

Xalq ta'limi sohasini rivojlantirish, ta'lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha yurtimizda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. 

Ayni paytda “Obod mahalla”, “Obod qishloq” davlat dasturlari asosida umumiy o‘rta ta'lim maktablarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha qilinayotgan ishlarni ham alohida ta'kidlash joiz.
Oqdaryo tumanidagi 49-umumiy o‘rta ta'lim maktabi 1992 yil qurilib, foydalanishga topshirilgan. Keyingi yillarda maktab binosi eskirib, ancha ta'mirtalab holatga kelib qolgandi. Joriy yil “Obod mahalla” dasturi asosida mazkur ta'lim muassasasida ham keng ko‘lamli qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
180 o‘rinli maktabning bunyodkorlik ishlariga jami 536.2 million so‘m mablag‘ safarbar etildi.

Samarqand viloyati xalq ta'limi
boshqarmasi axborot xizmati.


Oxirgi o‘zgarish: 12/12/2019 06:55;   Ko‘rilganligi: 88
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/maktablar-chiroy-ochmoqda
Chop etilgan vaqti: 23/02/2020 00:42
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing