Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

MAKTABLARGA KOMPYUTERLAR YETKAZILMOQDA

Joriy yilning 31 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda urgutlik o‘qituvchilarning kompyuter yo‘qligidan noroziligi qayd etilgan post tarqaldi.

Bugungi kunda Urgut tumanida 142 ta umumta'lim maktablari bo‘lib, ularda 2842 dona kompyuter jamlanmasi va 191 dona noutbuklar mavjud.
Ayni paytga qadar ba'zi umumta'lim maktablaridagi kompyuterlarning ma'nan eskirganligi, foydalanishga yaroqsiz holga kelib qolganligi inobatga olinib, viloyat miqyosida 423 ta maktab bosqichma-bosqich kompyuter jamlanmasi bilan ta'minlanib kelinmoqda. Jumladan, 2019 yil davomida Urgut tumanidagi 32 ta umumta'lim maktablaridagi ehtiyojga ko‘ra kompyuter jamlanmasi yetkazildi. Yana 12 ta maktab kompyuterlar bilan ta'minlanishi ko‘zda tutilgan.
Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati


Oxirgi o‘zgarish: 01/02/2020 08:43;   Ko‘rilganligi: 85
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/maktablarga-kompyuterlar-etkazilmoqda
Chop etilgan vaqti: 03/04/2020 06:27
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing