Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

MANGU BARHYOYOT SHOIR

2019 yil 5 fevral kuni Samarqand shahridagi 24-umumta'lim maktabida so‘z mulkining sultoni, o‘zbek adabiy tilining asoschisi Nizomiddin Mir Alisher Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi munosabati bilan "Navoiy - qalb quyoshi" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Tadbirda SamDU filologiya fakulteti dotsentlari, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi metodik xizmat bo‘limi metodistlari, Samarqand shahar xalq ta'limi bo‘limi mas'ul xodimlari, barcha tuman, shahar xalq ta'limi bo‘limlarining ona tili va adabiyot fani metodistlari, Samarqand shahridagi maktablarning ona tili va  adabiyot,  davlat tili fani o‘qituvchilari, o‘quvchilar ishtirok etdilar.

        Navoiy ilmiy adabiy-merosini  targ‘ib etishga bag‘ishlangan ushbu tadbirda SamDU dotsenti T.Jo‘rayev “Alisher Navoiyning o‘lmas merosi” mavzusida, ona tili va adabiyot fani  metodisti D.Abdurahmonova “Navoiy tilshunos va adabiyotshunos olim” mavzusida ma'ruza qilishdi. Anjuman qatnashchilariga maktabning 10-sinf o‘quvchilari tomonidan Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiy kompozitsiya namoyish etildi.

Tadbirda Navoiy asarlari asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, she'riy hamda musiqiy chiqishlar yig‘ilganlar e'tirofiga sazovor bo‘ldi.  

Buyuk adiblar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbirlar viloyatimizning barcha tuman, shaharlaridagi ta'lim muassasalarida davom etmoqda.   


Oxirgi o‘zgarish: 09/02/2019 12:18;   Ko‘rilganligi: 105
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/mangu-barhayot-shoir
Chop etilgan vaqti: 21/07/2019 07:58
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing