Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

“MARDLAR QO‘RIQLAYDI VATANNI”

shunday mavzudagi respublika insholar tanlovining viloyat bosqichi kimlar g‘olib bo‘ldi?

Tanlovning ushbu bosqichida tuman va shaharlaridan 10 yoshdan 14 yoshgacha, 15 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan 32 nafar o‘quvchi-yoshlar, Temurbeklar maktabi va Ichki ishlar akademik litseyidan 2 nafar o‘quvchi, harbiy qismlardan 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 16 nafar yosh harbiy xizmatchilar o‘zaro bellashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida Urgut tumani 133-umumta'lim maktabi 8-sinf o‘quvchisi Aziza Baratova 1-o‘rinni, Samarqand shahri 52-umumta'lim maktabi 7-sinf o‘quvchisi Rayxona Baxriyeva 2-o‘rinni, Toyloq tumani 29-umumta'lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Fotima Hamroqulova 3-o‘rinni egalladi.

15 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida Nurobod tumanidagi 1-umumta'lim maktabi o‘quvchisi Durdona Isorova 1-o‘rinni, Jomboy tumani 38-umumta'lim maktabi o‘quvchisi Azizaxon Alamova 2-o‘rinni, Oqdaryo tumani 52-umumta'lim maktabi o‘quvchisi Nodira Turdimurodova 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Qolgan ishtirokchilar o‘rtasida ham g‘oliblar aniqlanib, barcha toifa bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblar ko‘rik-tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma olishdi.

G‘oliblar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.


Oxirgi o‘zgarish: 21/12/2019 08:42;   Ko‘rilganligi: 146
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/mardlar-qoriqlaydi-vatanni
Chop etilgan vaqti: 03/04/2020 07:19
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing