Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

MATEMATIKA FANIDAN ANIQLANGAN BO‘SHLIQLARNI TO‘LDIRISH BO‘YICHA MAHORAT DARSLARI TASHKIL ETILDI

Narpay tumanidagi 17-umumta'lim maktabida “Matematika fanidan aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish bo‘yicha mahorat darslarini tashkil etish” mavzusida viloyat miqyosida o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilar dastlab maktabda tashkil etilgan jonli burchak va yangi innovatsion metodlar asosida yaratilgan ko‘rgazmalar bilan tanishdilar. Seminarda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi aniq fanlar metodisti A.Davronov, Narpay, Paxtachi tumanlari, Kattaqo‘rg‘on shahar xalq ta'limi bo‘limi aniq fanlar metodistlari maktablarda matematika fanini o‘qitishda aniqlangan bo‘shliqlar va ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi. Ushbu maktabga biriktirilgan 27-umumta'lim maktabi matematika fani trener-o‘qituvchisi J.Norqulov va O.Hakimovlar “Aniqmas integrallarni maxsus yo‘llar yordamida yechish” mavzusida Mahorat darslari o‘tishdi. Dars davomida mavzu yuzasidan batafsil ma'lumotlar berilib, misollarni yechishning qulay va oson usullari tushuntirildi. PISA xalqaro tadqiqotlari bo‘yicha o‘qituvchilar bilan savol-javob va muhokamalar o‘tkazildi. Seminar davomida Paxtachi tumani va Kattaqo‘rg‘on shahridan tashrif buyurgan M.Odilova, G.Jiyanova, I.Yarashev, M.Pirnafasova kabi trener o‘qituvchilar yig‘ilish ishtirokchilariga matematika fanini o‘qitishdagi dolzarb muammolarni bartaraf etish usullari to‘g‘risida o‘z tavsiyalarini berdilar. Matematika va informatika fanlari oyligi doirasida tumandagi 17, 27, 64, 69-umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yosh matematiklar” tanlovi ham seminarga o‘zgacha zavq ulashdi. Bellashuvda tumandagi 69-umumta'lim maktabi o‘quvchilari birinchi, 17-maktab o‘quvchilari ikkinchi, 64-umumta'lim maktabi o‘quvchilari uchinchi o‘rinlarni egallashdi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplomlar bilan taqdirlandi. Seminar yakunida Mahorat darslari bo‘yicha qizg‘in muhokamalar o‘tkazilib, o‘qituvchilar o‘zaro fikr va tajriba almashdilar. Bu kabi seminarlarni har oyda, har bir tuman, shaharda tashkil etish bo‘yicha takliflar berilib, kelgusi vazifalar belgilab olindi.

D.Abdurahmonova.


Oxirgi o‘zgarish: 13/02/2020 08:01;   Ko‘rilganligi: 93
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/matematika-fanidan-aniqlangan-boshliqlarni-toldirish-boyicha-mahorat-darslari-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 08/04/2020 18:18
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing