Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

“MEHR BERING — BOLALARGA MEHRIBONLAR”

Samarqand avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kollejida viloyat kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan xayriya aksiyasi shunday nomlandi.

Viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan aksiyaga viloyatdagi professional ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan 100 nafarga yaqin yetim, chin yetim, nogiron, shuningdek, kam ta'minlangan va moddiy ko‘makka ehtiyoji bor oilalar farzandlari taklif etildi. Ularga boshqarma xodimlari, kasb-hunar kollejlarining direktorlari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda tizim o‘qituvchilari tomonidan 300 dan ortiq issiq kiyim-kechaklar, 120 dan ortiq Yangi yil sovg‘alari hamda bayram dasturxoni tashkil etildi.
Alisher ISROILOV


Oxirgi o‘zgarish: 27/12/2019 15:52;   Ko‘rilganligi: 85
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/mehr-bering-bolalarga-mehribonlar
Chop etilgan vaqti: 03/04/2020 07:11
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing