Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

MEHRGA MUSHTOQLARNI YO‘QLAB

Payariq tumanidagi 79-umumiy o‘rta ta'lim maktabining o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Bizni mehr birlashtiradi” loyihasi asosida uyida yakka tartibda ta'lim olayotgan bir guruh yoshlarning xonadonida bo‘lishdi.

Ikki og‘iz shirin so‘z, bir chimdim mehrga mushtoq murg‘ak qalb sohiblarining xonadoniga tashrifimiz ular uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Ular bilan dildan suhbatlashdik, kelajakdagi orzulari bilan o‘rtoqlashdik. Iqtidorli o‘quvchi yoshlar tomonidan aytilgan go‘zal she'r va ashulalar ularga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Mehmonlar tomonidan bolajonlarga o‘quv qirollari, shirinliklardan iborat sovg‘alar taqdim etildi.
Sana munosabati bilan Payariq tuman hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi tomonidan ham xuddi shunday xayrli ishlarga qo‘l urildi.
Ulug‘bek TEMIROV


Oxirgi o‘zgarish: 05/12/2019 16:00;   Ko‘rilganligi: 144
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/mehrga-mushtoqlarni-yoqlab
Chop etilgan vaqti: 30/03/2020 03:58
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing