Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

MEHRNING VATANI – O‘ZBEKISTON!

         Yurtimizda nogironligi bo‘lgan kishilarga mehr-muruvvat ko‘rsatish, ularning holidan xabar olish, moddiy va ma'naviy rag‘batlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.

3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi Mehribonlik uylari hamda maxsus maktab va maktab-internatlarida viloyat prokuraturasi, ichki ishlar boshqarmasi va tegishli hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazildi.

       Jumladan, Samarqand shahridagi 61-eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Mehrning vatani – O‘zbekiston!” nomli tadbir tashkil etildi.

       Tadbirda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi viloyat bo‘limi, Samarqand shahar kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazi, Tayloq tumani xalq ta'limi bo‘limi vakillari, ota-onalar ishtirok etib, ta'lim muasasasi tarbiyalanuvchilariga samimiy tilaklarini bildirishdi.

       Samarqand shahridagi 6, Tayloq tumanidagi 3-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi o‘quvchilari tomonidan quvnoq kuy-qo‘shiq va raqslar  ijro etildi.

       Tadbir mehmonlari va homiylari o‘quvchilarga sovg‘alar ulashishdi.

       Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on shahridagi 5-yordamchi maktab-internatida mazkur sana munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi, prokuraturasi, “Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” hissadorlik jamiyati, homiy tashkilotlar vakillari va ota-onalar ishtirokida tadbir o‘tkazildi.  

       Tadbirda ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilari tomonidan bayram dasturi namoyish etildi.  

       O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Kattaqo‘rg‘on shahar kengashi va “Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” hissadorlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan bayram dasturxoni va esdalik sovg‘alari bolalarga olam-olam quvonch baxsh etdi.

Xuddi shunday ko‘ngilochar tadbirlar viloyatimizdagi barcha Mehribonlik uylari hamda maxsus maktab va maktab-internatlarida ham tashkil etilib, bolalarga homiy tashkilotlarning sovg‘alari ulashildi. 


Kiritilgan vaqti: 04/12/2018 13:08;   Ko‘rilganligi: 205
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/mehrning-vatani-ozbekiston
Chop etilgan vaqti: 16/10/2019 07:50
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing