Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

MHO qo‘shinlari qo‘mondoni o‘quvchilar bilan uchrashdi

Vatanparvarlik oyligi doirasida Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik Aybek Saidov Samarqand shahridagi umumta'lim maktablarining o‘quvchilari bilan uchrashdi.

A.Saidov milliy armiyamiz, unda xizmat qilishning sharaf va mas'uliyati, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida yoshlarga gapirib berdi. Uchrashuv jonli muloqot shaklida o‘tdi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, Chaqiriqqa qadar yoshlarni tayyorlash fanini qiziqarli va samarali tashkil etish bo‘yicha takliflarini berishdi.

Shundan so‘ng, o‘quvchilar harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan yaqindan tanishdi. Harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari ularda unutilmas taassurot qoldirdi.


Oxirgi o‘zgarish: 28/12/2019 15:37;   Ko‘rilganligi: 60
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/mho-qoshinlari-qomondoni-oquvchilar-bilan-uchrashdi
Chop etilgan vaqti: 22/02/2020 23:40
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing