Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Milliy armiyamiz – yoshlarimiz qalbida sadoqat, jasorat, matonat tuyg‘ularini mustahkamlovchi hayot maktabidir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-5413-sonli Farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida tegishli buyruq, “Vatan-muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostidagi chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va uning ijrosi bo‘yicha ta'lim muassasalarida bir qator ishlar amalga oshirildi.

“Vatan-muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostidagi chora-tadbirlar rejasining 3-bandi talablariga muvofiq, joriy yilning 14-15  yanvar kunlari shaxsan rahbar xodimlar tomonidan o‘zlari ta'lim olgan maktablarda hamda harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirokida barcha maktablarda “Mardlik va jasorat” darslari va harbiy vatanparvarlik mavzusidagi viktorinalar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, viloyatdagi barcha ta'lim muassasalarida harbiylar hamda O‘zbekiston Respublikasi mudofaa kuchlarining faxriylarini jalb etgan holda “Mardlik va jasorat”  mavzusida 1089 ta targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, “Ma'naviyat soat” darslari o‘tkazildi.

Ta'lim muassasalarida 2018 yil 15 dekabrdan 2019 yil 15 yanvarga qadar “Vatanparvarlik oyligi” doirasida “Milliy armiyamiz – yoshlarimiz qalbida sadoqat, jasorat, matonat tuyg‘ularini mustahkamlovchi hayot maktabidir”, “Vatanni himoya qilish – sharafli, oliyjanob va mas'uliyatli burch”, “Armiya - yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi ramzi”, “Tinchligingga jonim fido - muqaddas Vatan!”, “Milliy armiya bayrami – mening bayramim!” mavzularda davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazish va ularda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi filmlar va slaydlar namoyishlarini tashkil qilindi.

“Men Vatanimga tayanchman” shiori ostida 45 dan ortiq ommaviy-vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazildi. Shuningdek, umumta'lim maktablari o‘tkazilayotgan “Ertalabki saflanish”, “Tarbiyaviy soat” va “Ma'naviyat kuni” tadbirlarida targ‘ibot ishlari tashkil etildi.

O‘quvchi-yoshlar, harbiylar, Ulug‘ Vatan urushi hamda mudofaa kuchlari veteranlari ishtirokida yoshlarda Vatanning kelajagi va taqdiri uchun avlodlar merosi, mas'uliyat hissini tarbiyalash, harbiy xizmatga hurmat hissini saqlash maqsadida ta'lim muassasalarida “Avlodlar uchrashuvi”, “E'zoz”, “Ehtirom” targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab ta'lim muassasalarida sport turlari bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Umumta'lim maktablarida 2019 yilning 11-13 yanvar kunlari “Men ham harbiy bo‘laman”, “Mening dadam harbiy” shiori ostida insholar va rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil etilishi va rivojlanish tarixi bilan tanishtirish maqsadida o‘quvchilar bilan viloyatdagi harbiy qism va harbiy o‘quv muassasalariga ekskursiyalari uyushtirildi.

Xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar ta'lim olgan maktablarda ularning yorqin xotirasiga bag‘ishlab “Jasorat mangu – xotira abadiy” mavzusidagi burchaklar tashkil etildi.

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘quvchilar tomonidan harbiy kiyimlarda video tabriklar tayyorlanib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.

Ta'lim muassasalarida o‘quvchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tayyorlash va ularni harbiylik kasbiga qiziqtirish maqsadida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari rahbarligida  “Balli yigitlar”, “Quvnoq startlar”, “Kim epchilu-kim chaqqon?” mavzularida musobaqalar o‘tkazildi.

Ta'lim muassasalarida o‘quvchilar ongida Vatanga muhabbat, mamlakat Qurolli Kuchlaridan faxrlanish, harbiylik kasbiga hurmat tuyg‘ularini kuchaytirish maqsadida Ikkinchi jahon urushi va Qurolli Kuchlar veteranlari xonadonlariga tashriflar tashkil etilib, o‘quvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan (video, foto va matnli) tabriklar bilan tabriklash ishlari amalga oshirildi.


Kiritilgan vaqti: 15/01/2019 16:46;   Ko‘rilganligi: 179
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/milliy-armiyamiz-yoshlarimiz-qalbida-sadoqat-jasorat-matonat-tuygularini-mustahkamlovchi-hayot-maktabidir
Chop etilgan vaqti: 16/09/2019 17:42
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing