Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Milliy qadriyatlar yoshlar e'zozida

Joriy yilning 18-19 fevral kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Milliy qadriyatlar” ko‘rgazmali festival-tanlovining respublika bosqichida viloyatimizdagi “Barkamol avlod” bolalar markazlarining bir guruh iste'dodli yoshlari faol ishtirok etib, g‘oliblar safidan o‘rin egallashdi.

O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular ongiga mehnatsevarlik, kasb tayyorgarligining dastlabki o‘quv va ko‘nikmalarini singdirish, bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlariga muvofiq ularning ijodiy va badiiy qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘quvchilar o‘rtasida iqtidorli bolalarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan “Milliy qadriyatlar” ko‘rgazmali festival-tanlovining respublika bosqichida Samarqand viloyatidan ishtirok etgan 8 nafar iste'dodli o‘quvchilarning ijodiy ishlari tashkiliy qo‘mita hakamlar hay'ati tomonidan ijobiy baholandi. Tanlovda viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazi to‘garagi a'zosi, Samarqand shahridagi 55-maktabning 6-sinf o‘quvchisi Sabur Alisherov “Tasviriy san'at” yo‘nalishida ishtirok etib, “Eng yosh rassom” nominatsiyasi diplomi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, festival-tanlovning barcha ishtirokchilari, jumladan, “Liboslar dizayni” yo‘nalishi bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahridagi 16-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Marjona Nurullayeva, “Badiiy to‘qish” yo‘nalishi bo‘yicha Samarqand shahar 64-maktab-internati 7-sinf o‘quvchisi Aleksandr Timurmulin, “Do‘ppido‘zlik” yo‘nalishi bo‘yicha Ishtixon tumanidagi 1-IDUM 10-sinf o‘quvchisi Farangiz Jo‘raqulova, “Gilamdo‘zlik” yo‘nalishi bo‘yicha Urgut tumanidagi 35-maktab 10-sinf o‘quvchisi Ozoda Omonova, “Kulolchilik va mayda plastika” yo‘nalishi bo‘yicha Ishtixon tumanidagi 37-maktab 7-sinf o‘quvchisi Abdulaziz Qarshiyev, “Yumshoq o‘yinchoq va qo‘g‘irchoqlar” yo‘nalishi bo‘yicha Samarqand shahar 50-maktab 5-sinf o‘quvchisi E'zoza Nizomiddinova, “Yog‘och o‘ymakorligi” yo‘nalishi bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar 2-maktab 7-sinf o‘quvchisi Nurmuhammad Rustamov faol ishtirok etib, Xalq ta'limi vazirligining “Festival-tanlovning laureati” diplomi bilan taqdirlandilar.

Oxirgi o‘zgarish: 22/02/2019 07:00;   Ko‘rilganligi: 210
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/milliy-qadriyatlar-yoshlar-ezozida
Chop etilgan vaqti: 15/10/2019 09:52
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing