Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

«Mo‘tabar ayol» ko‘krak nishoni o‘z sohibalariga topshirildi

Joriy yil 6 mart kuni Samarqand shahridagi Yoshlar markazida                           8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan «Ayolini asragan, ulug‘lagan xalq buyukdir» shiori ostida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyatimizda turli sohalarda mehnat qilayotgan faol, jamoatchi xotin-qizlar, deputatlar, senatorlar, muallimalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Viloyat hokimi E.Turdimov bayram ishtirokchilarini, ularning timsolida samarqandlik xotin-qizlarni bayram bilan qutlar ekan, xotin-qizlarning oiladagi, jamiyatdagi o‘rni xususida to‘xtalib o‘tdi, ularga qaratilayotgan e'tibor va yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida ayollar erishayotgan yutuqlar e'tirof etildi.

Anjumanda oila va jamiyatda munosib o‘rin egallagan, oqilaligi, zukkoligi bilan el hurmatidagi 18 nafar ayolga "Mo‘tabar ayol" ko‘krak nishoni, shuningdek, bir guruh xotin-qizlarga viloyat hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi

"Mo‘tabar ayol" ko‘krak nishoniga sazovor bo‘lganlar orasida viloyat xalq ta'limi tizimidan bir guruh muallimalarning borligi barchamizga faxr-iftixor bag‘ishlaydi. Davlatimizning ayollarga ko‘rsatilayotgan e'zozi uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi. Samarqand tumanidagi                          22-umumta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Aziza Zokirova, Qo‘shrabot tumanidagi 82-umumta'lim maktabining boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchisi Sayyora Toshboyeva va boshqalar mamlakatimizda ilk bora berilayotgan ushbu mukofotga loyiq ko‘rilayotganidan mamnun ekanligini ta'kidlashdi. Bayram tadbirlari davomida ishtirokchilarga samarqandlik hamda poytaxtdan tashrif buyurgan san'atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.


Oxirgi o‘zgarish: 06/03/2019 17:39;   Ko‘rilganligi: 216
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/motabar-ayol-kokrak-nishoni-oz-sohibalariga-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 15/10/2019 09:50
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing