Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

MUAMMO E'TIBORDAN CHETDA EMAS

Joriy yilning 28 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Urgut tumanidagi ba'zi umumiy o‘rta ta'lim maktablarida ikkinchi navbatda o‘qiyotgan o‘quvchilar elektr energiyasidagi uzilish sabab qorong‘u sinfxonada o‘qiyotgani bilan bog‘liq ma'lumot tarqalgandi.

Shundan so‘ng, Samarqand viloyat xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati Urgut tuman xalq ta'limi bo‘limi vakillarining o‘rganishlari asosida mazkur holat yuzasidan “Zarafshon” gazetasining zarnews.uz rasmiy veb-sayti orqali munosabat bildirgandi. Bundan tashqari, Daryo.uz sayti orqali ham “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan muammoning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida rasmiy bayonot berdi.
Joriy yilning 2 dekabr kuni boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali Urgut tuman maktablaridagi elektr energiyasi bilan bog‘liq muammo xuddi avvalgi mazmunda e'lon qilindi.
Ta'kidlash joizki, Urgut tumanidagi 116 ta umumta'lim maktablarida o‘quvchilarning 2 navbatda o‘qitilishi joriy etilgan. Ikkinchi navbat darslari soat 13:00 dan 17:30 gacha davom etadi. Haqiqatan ham, 28, 29 noyabr kunlari ob-havoning keskin pasayib ketishi natijasida Urgut tumanida elektr energiyasida uzilishlar bo‘lgan.
Elektr energiyasidagi uzilishlarni oldini olish, aholi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan yurtimizda olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar natijasida bugun Urgut tumanidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarida bu borada muammo yo‘q.
Urgut tuman xalq ta'limi bo‘limi


Oxirgi o‘zgarish: 05/12/2019 15:57;   Ko‘rilganligi: 117
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/muammo-etibordan-chetda-emas
Chop etilgan vaqti: 30/03/2020 04:19
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing