Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

MUMTOZ NAVOLAR QALBIMIZ ARDOG‘IDA

2017 yil 4 fevral kuni Bulung‘ur tumanidagi 9-son Bolalar musiqa va san'at maktabida Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligiga bag‘ishlangan “MUMTOZ NAVOLAR QALBIM  ARDOG‘IDA” nomli  konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Tuman hokimligi, prokuraturasi, xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi, madaniyat va sport ishlari bo‘limi, mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar taklif etilgan konsert dasturida asrlar osha avloddan avlodga o‘tib kelayotgan mumtoz navolar yangradi. She'riyat mulkining sultoni Nizomiddin mir Alisher Navoiy asarlari asosida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Konsert dasturi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.


Kiritilgan vaqti: 07/03/2017 08:57;   Ko‘rilganligi: 75
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/mumtoz-navolar-qalbimiz-ardogida
Chop etilgan vaqti: 17/06/2019 20:08
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing