Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

NOYABR – RUS TILI VA ADABIYOTI FAN OYLIGI

Fan oyligi doirasida Samarqand shahar, Samarqand, Jomboy, Urgut, Payariq tumanlari faol ishtirok etishdi.

         Jumladan, Samarqand shahridagi 69-umumta'lim maktabida  o‘tkazilgan tadbirda shahardagi barcha umumta'lim maktablarining rus tili va adabiyot fani o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

         Teatrlashtirilgan tadbirda 69-maktabning o‘quvchilari tomonidan rus ertaklari qahramonlari chiqishlari, qo‘shiq va raqslar yuqori saviyada ijro etildi.

Bundan tashqari Samarqand shahridagi A.S.Pushkin nomidagi kutubxonaga o‘quvchilar ishtirokida ekskursiya, A.Chexov nomidagi rus teatriga sayohatlar uyushtirildi. Rus tili va adabiyot fani o‘qituvchilari o‘rtasida rus tilida insholar tanlovi o‘tkazildi. Xuddi shunday tadbirlar Samarqand shahridagi 1-, 8-,13-, 15-, 21-, 28-, 29-, 31-, 34-, 37-, 46-, 48-, 49-, 50-, 73-maktablarida ham o‘tkazildi.

         Joriy yilning 20 noyabr kuni Samarqand tumanining 10-maktabida rus tili fan oyligiga bag‘ishlangan Rossiyaning Kursk shahridan tashrif buyurgan rus tili fani o‘qituvchilari ishtirokida “Mahorat darslari” o‘tkazildi. Maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bilan birgalikda Samarqand davlat universitetining rus tili va adabiyoti fakultetiga sayohat uyushtirildi.

         Joriy yilning 20 noyabr kuni Urgut tuman xalq ta'limi bo‘limi rus tili va adabiyoti fani metodisti X.Suyarov hamda 136-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi rahbariyati bilan hamkorlikda rus tili fan oyligiga bag‘ishlangan badiiylashtirilgan tadbir o‘tkazildi. Tadbirga maktabda uzoq yillar faoliyat yuritgan, Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan faxriy o‘qituvchilar taklif etildi.  

         Xuddi shunday tadbirlar viloyatimizning uzoq tuman, shaharlarida ham uyushqoqlik bilan o‘tkazildi. Jumladan, Qo‘shrabot tumanidagi                              12-umumta'lim maktabida rus tili va adabiyoti fan oyligiga bag‘ishlab tajribali o‘qituvchilar ishtirokida “Namunali ochiq darslar” haftaligi bo‘lib o‘tdi. Haftalik davomida Qo‘shrabot tumanidagi 80 dan ortiq umumta'lim maktablarining tajribali rus tili fani o‘qituvchilari tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan yosh o‘qituvchilar uchun namunali ochiq darslar tashkil etilib, yangi metodik tavsiyalar, dars ishlanmalari elektron variantda barcha o‘qituvchilarga tarqatildi. O‘qituvchilar o‘zaro fikr va tajriba almashdilar.

       Jomboy tumanidagi 11-umumta'lim maktabida o‘tkazilgan tadbirda rus xalq ertaklari qahramonlari timsoli sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etildi.  Jumladan, “Zolotaya ribka”, “Zolotoy grebeshok”, “Buratino”, “Skazka o ribaki i ribki” kabi ertaklar qahramonlari o‘quvchilar bilan  rus tilida muloqot qilishib, tadbirning yanada qiziqarli va esda qolarli bo‘lishini ta'minladi.

       Payariq tumanidagi umumta'lim maktablarida ham rus tili fan oyligi doirasida o‘tkazilgan tadbirlarda she'riyat kechalari, adabiy-badiiy tadbirlarda o‘qituvchi va o‘quvchilar faol ishtirok etishdi.

                                                      Sh.Marupov, rus tili va adabiyot fani metodisti.


Kiritilgan vaqti: 30/11/2018 09:46;   Ko‘rilganligi: 236
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/noyabr-rus-tili-va-adabiyoti-fan-oyligi
Chop etilgan vaqti: 21/11/2019 02:12
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing