Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

“O‘qituvchi ikkinchi qavatdan itarib yubordi”, deb o‘quvchining yolg‘on ma'lumot berishiga nima sabab bo‘ldi?

Joriy yilning yanvar oyi dastlabki kunlarida Ishtixon tumanidagi 3-umumta'lim maktabida o‘qituvchi o‘quvchini ikkinchi qavatdan itarib borganligi bilan bog‘liq ijtimoiy tarmoqlarda turli ma'lumotlar tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan tegishli tartibda olib borilgan ishlar yuzasidan 2020 yil 13 yanvar sanasi bilan Ishtixon tuman IIBning “Jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish haqida”gi qarori tasdiqlangan.

Unda ta'kidlanganidek, Ishtixon tumanidagi 3-umumta'lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Suhrob Qarshiboyevning otasi Dilshod Pirnazarovning 2020 yil 3 yanvarda shu maktabda ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Adham Ro‘ziyevning o‘g‘liga tan jarohati yetkazib, uni maktab binosining ikkinchi qavatidagi derazadan itarib yuborganligi to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgan.

Holat yuzasidan Ishtixon tuman IIB huzuridagi TB surishtiruvchisi, kapitan F. Nosirov tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borgan hamda Ishtixon tuman Sud-tibbiy ekspertiza bo‘limining eksperti Hasan Abdumo‘minovning xulosalari o‘rganilgan.

Suhrob Qarshiboyevdan otasi Dilshod Pirnazarovning ishtirokida video tasvir orqali tushuntirish xati olinganda, o‘quvchi qarindoshlariga dastlab direktor o‘rinbosari Adham Ro‘ziyevning ikkinchi qavat derazasidan itarib yuborganligi to‘g‘risida yolg‘on ma'lumot berganligi, aslida Adham Ro‘ziyevdan tanbeh eshitmaslik uchun o‘zini pastga tashlaganligini ta'kidlagan. Ayni paytda Adham Ro‘ziyevdan da'voyi yo‘qligini ma'lum qilgan.

Tergovga qadar tekshiruv ishlari davomida holat bo‘yicha guvohlar Ziyoda G‘ofurova, Shohida O‘tayeva, Malika Samadova, Xumora Shamsiyevalarning tushuntirish xatlari, Adham Ro‘ziyevning ko‘rsatmalari asosida to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, Adham Ro‘ziyevning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanmaganligi sababli jinoyat ishini rad etish bo‘yicha qaror qabul qilingan.

Samarqand viloyati xalq ta'limi

boshqarmasi axborot xizmati.


Oxirgi o‘zgarish: 13/02/2020 09:38;   Ko‘rilganligi: 60
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/oqituvchi-ikkinchi-qavatdan-itarib-yubordi-deb-oquvchining-yolgon-malumot-berishiga-nima-sabab-boldi
Chop etilgan vaqti: 03/04/2020 06:40
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing