Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

O‘QITUVCHI O‘QUVCHIGA TANBEH BERDI

Ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan Urgut tumanidagi 27-umumta'lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi J.M hamda shu maktabning matematika fani o‘qituvchisi Z.A. o‘rtasidagi hodisa bo‘yicha Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi. Mazkur holat joriy yilning 13 sentyabr kuni soat 16-25 lar atrofida, 7-“V” sinfida matematika darsi vaqtida sodir etilgan. O‘quvchi J.M. darsga e'tibor qaratmay, sinfdoshlari bilan sho‘xlik qilgan hamda o‘qituvchiga gap qaytargan. Matematika fani o‘qituvchisi Z.A. o‘quvchi J.M.ni o‘qituvchilar xonasiga olib borish vaqtida o‘quvchi qiz o‘qituvchiga gap qaytargan. O‘qituvchi jahl ustida o‘quvchini urgan. Bundan tashqari, ushbu maktabning matematika fani o‘qituvchisi M.O. yo‘lakdagi o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi nizoga aralashmasdan loqaydlik qilgan. Mazkur holat bo‘yicha, ikkala o‘qituvchiga nisbatan surishtiruv ishlari olib boriladi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida chora ko‘riladi. Shu bilan birga, maktab rahbariyati pedagoglar bilan yig‘ilish o‘tkazadi va bunday holat takrorlanmasligi uchun tushuntirish ishlarini olib boradi. Darsga e'tiborli bo‘lmagani va dars jarayoniga xalaqit bergani, o‘qituvchiga gap qaytargani uchun o‘quvchi J.M.ga chora ko‘rish maqsadida, mazkur holat Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati. Ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan Urgut tumanidagi 27-umumta'lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi J.M hamda shu maktabning matematika fani o‘qituvchisi Z.A. o‘rtasidagi hodisa bo‘yicha Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi. Mazkur holat joriy yilning 13 sentyabr kuni soat 16-25 lar atrofida, 7-“V” sinfida matematika darsi vaqtida sodir etilgan. O‘quvchi J.M. darsga e'tibor qaratmay, sinfdoshlari bilan sho‘xlik qilgan hamda o‘qituvchiga gap qaytargan. Matematika fani o‘qituvchisi Z.A. o‘quvchi J.M.ni o‘qituvchilar xonasiga olib borish vaqtida o‘quvchi qiz o‘qituvchiga gap qaytargan. O‘qituvchi jahl ustida o‘quvchini urgan. Bundan tashqari, ushbu maktabning matematika fani o‘qituvchisi M.O. yo‘lakdagi o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi nizoga aralashmasdan loqaydlik qilgan. Mazkur holat bo‘yicha, ikkala o‘qituvchiga nisbatan surishtiruv ishlari olib boriladi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida chora ko‘riladi. Shu bilan birga, maktab rahbariyati pedagoglar bilan yig‘ilish o‘tkazadi va bunday holat takrorlanmasligi uchun tushuntirish ishlarini olib boradi. Darsga e'tiborli bo‘lmagani va dars jarayoniga xalaqit bergani, o‘qituvchiga gap qaytargani uchun o‘quvchi J.M.ga chora ko‘rish maqsadida, mazkur holat Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.

Kiritilgan vaqti: 17/09/2019 08:58;   Ko‘rilganligi: 105
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/oqituvchi-oquvchiga-tanbeh-berdi
Chop etilgan vaqti: 28/02/2020 00:36
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing