Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

O‘qituvchilar uchun majburiy kasbiy litsenziyalash tartibi joriy etiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Xalq ta'limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab xalq ta'limi muassasalari rahbarlari uchun davriyligi 3 yildan iborat, o‘qituvchilar uchun davriyligi 5 yildan iborat majburiy kasbiy litsenziyalash tartibi bosqichma-bosqich joriy etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligiga xalq ta'limi muassasalari rahbarlari va o‘qituvchilarining faoliyatini kasbiy litsenziyalash vakolati beriladi. Malaka toifasi bo‘lmagan o‘qituvchi kasbiy litsenziya olganidan so‘ng uning mehnatiga haq to‘lash shartlari ikkinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarga tenglashtiriladi. Qaror loyihasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab pedagogika va psixologiya fanlarini oliy ta'lim muassasalarining umumta'lim fanlari yo‘nalishlariga muvofiq keluvchi mutaxassislar tayyorlovchi magistratura bosqichi talabalari uchun majburiy fan sifatida kamida 144 soat hajmda o‘qitilishini hamda pedagogik amaliyot o‘tashini joriy etishi belgilangan. Bunda, Xalq ta'limi vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari bilan birgalikda tasdiqlagan magistratura mutaxassisliklari ro‘yxatiga muvofiq oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilariga pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.

Oxirgi o‘zgarish: 31/10/2019 06:48;   Ko‘rilganligi: 31
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/oqituvchilar-uchun-majburiy-kasbiy-litsenziyalash-tartibi-joriy-etiladi
Chop etilgan vaqti: 20/11/2019 18:43
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing