Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

O‘quv-ishlab chiqarish majmualari faoliyatini tashkil etish: muammo va yechimlar

2019 yil 9 fevral kuni Samarqand shahridagi 9-umumta'lim maktabida umumta'lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari uchun tashkil etilgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha mavjud muammolar va ularni bartaraf etish to‘g‘risida seminar o‘tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasininig Samarqand viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i R.Yuldashev, viloyat xalq ta'limi hamda viloyat kasb-hunar ta'limi boshqarmasi vakillari, tuman, shahar xalq ta'limi bo‘limi mudir o‘rinbosarlari va o‘quv-ishlab chiqarish majmualari sho‘ba rahbarlari, o‘quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etilgan umumta'lim maktablari direktorlari va kasb-hunar kollejlari, ishlab chiqarish ta'limi bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etishdi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi 868-sonli qarorining mazmun-mohiyati va undan kelib chiqadigan vazifalar to‘g‘risida so‘z yuritilib, o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha yig‘ilish qatnashchilarining taklif va tavsiyalari tinglandi. Shuningdek, o‘quv-ishlab chiqarish majmualariga o‘quvchilarni qamrab olish, ularning darslarga qatnashi va davomatini nazorat qilish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar, kasb-hunar kollejlari va umumta'lim maktablarida tashkil etilgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida dars mashg‘ulotlarini tashkil etishda o‘quv-me'yoriy hujjatlarni yuritish bo‘yicha tavsiyalar berilib, kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Oxirgi o‘zgarish: 13/02/2019 09:35;   Ko‘rilganligi: 196
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/oquv-ishlab-chiqarish-majmualari-faoliyatini-tashkil-etish-muammo-va-echimlar
Chop etilgan vaqti: 17/09/2019 13:50
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing