Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

O‘QUVCHILAR HARBIY MASHG‘ULOTLARNI BAJARDI

Jomboy tumanidagi 51-umumiy o‘rta ta'lim maktabida chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorlgarlik darsi noan'anaviy tarzda o‘tkazildi.

Mashg‘ulotning amaliy tartibda tashkil etilgani o‘quvchilarda o‘zgacha qiziqish uyg‘otdi. Dars davomida o‘quvchilar o‘quv avtomatini qismlarga ajratish va yig‘ish, gazga qarshi niqobdan foydalanish, shuningdek, jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishdi. Bo‘lg‘usi askarlarni harbiy qurol, zarur asbob-uskunlar haqidagi bilimini oshirish, ularni mard va jasur qilib tarbiyalash, qalbida vatanparvarlik hissini yanada oshirishda mazkur dars mashg‘uloti muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.


Oxirgi o‘zgarish: 06/12/2019 16:46;   Ko‘rilganligi: 128
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/oquvchilar-harbiy-mashgulotlarni-bajardi
Chop etilgan vaqti: 30/03/2020 03:52
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing