Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

O‘QUVCHILAR QISHKI TA'TILNI QANDAY O‘TKAZADI?

Qishki ta'til kunlari o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yurtimizning diqqatga sazovor joylari, madaniyat maskanlari, muzey va teatrlariga xavfsizlikni ta'minlagan holda olib borilishiga, umumta'lim muassasalarida turli to‘garaklar tashkil etilishiga alohida e'tibor qaratiladi.

Darhaqiqat, ta'til kunlarining har bir kuni o‘quvchi-yoshlar uchun qiziqarli, shu bilan birga, bilimini boyitish, sog‘lomlashtirish, iste'dod va qobiliyatlarini mustahkamlashda foydali bo‘lgan mashg‘ulotlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bilan o‘tkaziladi. Jumladan, har bir kunga nom berilib, shu asosda tadbirlar tashkil etiladi.

Quyi sinf o‘quvchilari uchun: 

1-kun. “Yurtim jamoli” mavzusida rasmlar tanlovini o‘tkazish.

2-kun. “Yangi yilim — yaxshi yilim”, “Qorday oppoq orzularim” mavzusida she'rxonlik kechasini o‘tkazish.

3-kun. “Sen ayt­gin-chi, bu nima?”, “Siz buni bilasizmi?” mavzusida viktorina.

4-kun. “Kichkina demang bizni” shio­ri ostida sport musobaqalari.

5-kun. “Yertaklar — yaxshilikka yetaklar” nomli sahnalashtirilgan ertaklar namoyishi. 

6-kun. “Ozod va obod Vatan farzandlarimiz” mavzusida musiqiy kecha. 

7-kun. “Sog‘ tanda — sog‘lom aql” mavzusida tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv. 

8-kun. Tabiat qo‘yniga sayohat qilib, qishki o‘yinlarni o‘ynash, qushlarga in qurish, ularga shafqat ko‘rsatish, muzey va teatrlarga borish. 

9-kun. “Ta'til taassurotlari”, “Quvonamiz oppoq qor gupilla­tib yoq­qanda” mavzularida davra suhbati va she'rxonlik kechalarini o‘tkazish. 

Yuqori sinf o‘quvchilari uchun: 

1-kun. “Yangi yilga yangi qadam” mavzusida ijodiy kecha. 

2-kun. “Kitob — bizning do‘stimiz”, “Men sevgan adib” mavzularida bahs-munozara. 

3-kun. “Siz tarixni bilasizmi?” mavzusida davra suhbati.

4-kun. “Tumanim iftixorlari” mav­zusida shahar, tumandagi mehnat faxriy­lari bilan uchrashuv.

5-kun. “Ma'naviyatli yoshlar — yurtimiz iftixori” mavzusida teatrlashtirilgan badiiy kecha.

6-kun. “Yetti o‘lchab bir kes” shiori ostida ma'naviyat kuni.

7-kun. “Chekmasdan yoshlik gashtini sur” mavzusida tibbiyot xodimlari bilan davra suhbati.

8-kun. O‘quvchilarning xo­hish-istaklariga qarab teatr, muzeylar va mustaqillik yillari barpo etilgan inshootlar bo‘ylab sayohat uyushtirish.

9-kun. “Kumush qish tarovati” mavzusida buklet, fotoalbom, devoriy gazetalar tanlovini o‘tkazish.


Oxirgi o‘zgarish: 27/12/2019 15:21;   Ko‘rilganligi: 116
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/oquvchilar-qishki-tatilni-qanday-otkazadi
Chop etilgan vaqti: 03/04/2020 06:35
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing