Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

OSTONADA YANGI YIL

Samarqand viloyatidagi barcha korxona va tashkilotlar hamda ta'lim muassasalarida yangi — 2020 yilni munosib kutib olish, binolar, ko‘cha va xiyobonlarni bayramona bezashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Xususan, Samarqand shahrida ham Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. Viloyat musiqali drama teatri oldida katta archa o‘rnatilib, sovg‘a-salomlar, o‘yinchoqlar savdosiga mo‘ljallangan rastalar qurilmoqda. Ayni paytda davlat idoralari, korxona-tashkilot hamda muassasalarni bayramona bezash bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkazish, g‘oliblarning munosib taqdirlanishi ko‘zda tutilgan.


Oxirgi o‘zgarish: 05/12/2019 16:33;   Ko‘rilganligi: 262
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/ostonada-yangi-yil
Chop etilgan vaqti: 30/03/2020 03:11
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing