Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

“O‘ZBEK TILIM-IFTIXORIM!” mavzusidagi insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazida umumiy o‘rta ta'lim maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida “O‘zbek tilim-iftixorim!” mavzusida respublika insholar tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining o‘ttiz yilligi munosabati bilan tashkil qilingan tanlovda uning tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 112 nafar  5-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.  

O‘quvchilarning ijodiy ishlari viloyat XTXQTMO hududiy markazi va umumta'lim maktablarining tajribali fan o‘qituvchilari tomonidan adolatli, xolisona baholandi. 

Hakamlar hay'atining yakuniy xulosasiga ko‘ra, Ishtixon tumanidagi 14-umumta'lim maktabi o‘quvchisi L.Shamiyeva, Narpay   tumanidagi  58-umumta'lim maktabi o‘quvchisi D.Tursunmurodova,  Samarqand shahridagi 53-umumta'lim maktabining o‘quvchisi Sh.Mamadaliyeva, Ishtixon tumanidagi 2-IDUMning o‘quvchisi R.Sindarova, Toyloq tumanidagi  21-umumta'lim maktabining o‘quvchisi M.Husenov, Past Darg‘om tumanidagi  37-umumta'lim maktabining o‘quvchisi Z.O‘lmasova, Oqdaryo tumanidagi 52-IDUMIning o‘quvchisi N.Turdimurodova insholar tanlovining g‘olibi, deb topildi.

 

Samarqand viloyat xalq ta'limi boshqarmasi

axborot xizmati


Oxirgi o‘zgarish: 09/11/2019 07:29;   Ko‘rilganligi: 224
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/ozbek-tilim-iftixorim-mavzusidagi-insholar-tanlovi-goliblari-aniqlandi
Chop etilgan vaqti: 03/04/2020 06:48
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing