Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

“O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ning mazmun-mohiyati va ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar

Samarqand viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi professor-o‘qituvchilari Payariq tumanidagi 53-maktab o‘qituvchilariga uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida mahorat darslari va seminar-treninglar tashkil etdi.

Tadbir doirasida hududiy markazning professor-o‘qituvchisi J.Oripov “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ning mazmun-mohiyati va ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, R.Toshnyozova “Ta'limga STEAM yondashuv”, T.Tolipova “PISA, PIRLS, TALIS - xalqaro baholash dasturlari” bo‘yicha nazariy ma'lumotlar berishdi. Shuningdek, dars samaradorligini oshirishda interfaol usullardan foydalanish bo‘yicha amaliy topshiriqlar ustida treninglar tashkil etdi.

Seminar davomida G.Ergasheva “Ta'limga zamonaviy yondashuv va innovatsiyalar”, J.Xudoyqulov “TIMSS - xalqaro baholash dasturlari” mavzularida amaliy topshiriqlardan namunalar ko‘rsatishdi.

O‘qituvchilarning dars mashg‘ulotlari tahlil qilindi va ularga tegishli tavsiyalar berildi.

Oxirgi o‘zgarish: 09/11/2019 06:44;   Ko‘rilganligi: 225
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/ozbekiston-respublikasi-xalq-talimi-tizimini-2030-yilgacha-rivojlantirish-konseptsiyasining-mazmun-mohiyati-va-talim-tizimida-olib-borilayotgan-islohotlar
Chop etilgan vaqti: 03/04/2020 06:52
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing