Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Paxtachi tuman xalq ta'limi bo‘limining munosabati

Paxtachi tuman xalq ta'limi bo‘limining joriy yilning 28 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan “Nima, bechora bolalarni sovuqqa olib chiqib jazolash endi yangi trendga aylandimi? Bu noto‘g‘ri!” postiga munosabati

Joriy yilning 28 yanvar kuni Paxtachi tuman xalq ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 28-umumiy o‘rta ta'lim maktabidagi holat aks etgan “Nima, bechora bolalarni sovuqqa olib chiqib jazolash endi yangi trendga aylandimi? Bu noto‘g‘ri!” mazmunida ijtimoiy tarmoqlarda video material tarqaldi. Ushbu holatga aniqlik kiritish, 28-umumta'lim maktabi pedagogik jamoasi faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni muhokama qilish maqsadida Paxtachi tuman hokimligi, xalq ta'limi bo‘limi mas'ul xodimlari, tuman Nuroniy jamg‘armasi, “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari hamda maktab o‘qituvchilari, o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi. Ma'lum bo‘ldiki, haqiqatdan ham ushbu umumta'lim muassasasi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Yu.B. o‘quv binosining ikkinchi qavatidagi sinfxonalardan birida dars mashg‘uloti o‘tish davomida tartibsizlik qilgan o‘quvchilar D.D. va N.Sh.ga tanbeh berish maqsadida sinfxonadan zalga chiqaradi. O‘qituvchi bolalarga tanbeh berib, ularni yana sinfxonaga olib kirgan. Yig‘ilishda o‘quvchilar — D.D. va N.Sh.larning ota-onalari tomonidan Yu.B.ning xatti-harakatlariga e'tiroz bildirilmadi. Aksincha, ota-onalar farzandlarining sho‘xligini tan olib, o‘qituvchining mehnatidan minnatdor ekanligini bildirishdi. Biroq, o‘qituvchi Yu.B.ning o‘quvchilarga nisbatan qattiqqo‘llik qilgani, vazifasiga nisbatan e'tiborsizlik qilganligi uchun unga intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Paxtachi tuman xalq ta'limi bo‘limi


Oxirgi o‘zgarish: 29/01/2020 17:02;   Ko‘rilganligi: 70
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/paxtachi-tuman-xalq-talimi-bolimining-munosabati
Chop etilgan vaqti: 30/03/2020 04:14
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing