Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

PISA BO‘YICHA TAJRIBALAR NARPAYDA QO‘LLANILMOQDA

Yaqinda Oqdaryo tumanida “Xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish – ta'lim sifatini oshirishning muhim omili” mavzusida viloyat o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. Narpay tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta'lim maktabida shu asosda tuman seminari tashkil etildi.

Darhaqiqat Oqdaryo tumanidagi viloyat seminarida barcha tuman va shahar xalq ta'limi bo‘limlari vakillari, Xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha belgilangan 44 ta tayanch maktablarning direktorlari hamda ushbu muassasalarning boshlang‘ich ta'lim, aniq va tabiiy fanlari o‘qituvchilari ishtirok etishdi. O‘quv-amaliy seminarda boshlang‘ich ta'lim, aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha mahoratli fan o‘qituvchilari tomonidan ochiq darslar tashkil etilib, unda kuzatuvchilarga o‘quvchining fan yuzasidan bilimini oshirish, unda olgan bilimini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. O‘qituvchilar uchun tashkil etilgan mahorat darslarida o‘zlashtirilgan tajribalarni barcha ta'lim muassasalarida qo‘llash vazifalari topshirilib, zarur o‘quv qo‘llanmalar, Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha video dars jamlanmalari tarqatilgandi. Xalq ta'limi bo‘limi mudirlari va direktorlar hamda o‘qituvchilar zimmasiga barcha tavsiyalarni tumanlardagi tayanch maktablarda ommalashtirish vazifasi qo‘yildi. Ana shundan kelib chiqqan holda Narpay tuman xalq ta'limi bo‘limi tashabbusi bilan tumandagi 7-umumiy o‘rta ta'lim maktabida seminar tashkil etildi. Unda maktab direktorlarining o‘rinbosarlari, boshlang‘ich ta'lim, aniq va tabiiy fanlar o‘qituvchilari ishtirok etdi. Oqdaryo tumanidagi Xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishga bag‘ishlab o‘tkazilgan viloyat seminarida qatnashgan o‘qituvchilar tumandagi fan o‘qituvchilariga mahorat darslarini o‘tib berishdi. O‘rgangan tajribalari, malakali pedagoglar tomonidan berilgan tavsiyalarni o‘qituvchilarga yetkazib, afzalliklarini tushuntirib berishdi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish, yuqori sinflarda matematika, kimyo, biologiya fanlari bo‘yicha ochiq darslar tashkil etilib, o‘quvchilar uchun qiziqarli va samarali dars o‘tish tajribalari qo‘llanildi, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanildi. Bir so‘z bilan aytganda, “Xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish – ta'lim sifatini oshirishning muhim omili” mavzusida o‘tkazilgan viloyat o‘quv-amaliy seminari bizning bugungi izlanishlarimiz, o‘z ustimizda ishlashimizda muhim ahamiyat kasb etdi.

Otabek QURBONOV, Narpay tumanidagi 7-umumta'lim maktabi direktori


Oxirgi o‘zgarish: 14/02/2020 16:14;   Ko‘rilganligi: 60
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/pisa-boyicha-tajribalar-narpayda-qollanilmoqda
Chop etilgan vaqti: 30/03/2020 03:17
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing