Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

PISA Xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik

Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi metodik xizmat bo‘limi tomonidan Samarqand shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida PISA Xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tayanch maktab sifatida belgilangan umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘qituvchilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

Unda ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish, ushbu yo‘nalishda pedagog-xodimlarning o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan malaka va tajribalar to‘g‘risida ularga tavsiyalar berildi. Metodik xizmat bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha bilimini oshirishda ochiq darslarni samarali tashkil etish, dars jarayonida video materiallardan unumli foydalanishga doir amaliy takliflar bildirildi. Ta'kidlash joizki, bugungi kunda viloyatda PISA Xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha 44 ta tayanch maktab belgilanib, har birida xuddi shunday seminarlar tashkil etilmoqda. Ularda o‘qituvchilarning malaka va tajribasi, va o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, tadqiqotlar bo‘yicha tushunchalarini mustahkamlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Anvar DAVRONOV, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi metodik xizmat bo‘limi mutaxassisi

Oxirgi o‘zgarish: 31/01/2020 18:17;   Ko‘rilganligi: 31
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/pisa-xalqaro-tadqiqotlariga-tayyorgarlik
Chop etilgan vaqti: 23/02/2020 01:06
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing