Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

PREZIDENT ARCHASI

2017 yil 29 dekabr kuni soat 10:00 da Samarqand shahridagi “Diyora” restoranida Prezident archasi bayram tadbiri  o‘tkazildi.

Tadbirda Samarqand shahri hududida istiqomat qilayotgan chin yetim bolalar, 1 va 10-sonli Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, “SOS” bolalar mahallasi bolalari tarbiyalanuvchilari hamda mudofaa, bojxona, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati tizimida mustaqillik yillarida Vatan himoyasidek sharafli, oliyjanob kasbga o‘zini bag‘ishlab, mamlakatimiz xavfsizligi, hududiy yaxlitligi va sarhadlarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinchligi va osoyishta hayotini asrash yo‘lida jon fido qilgan harbiy xizmatchilarning 485 nafar farzandlari ishtirok etishdi.

Prezident archasi bayram tadbirida viloyat hokimi T.Jo‘rayev, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakili F.Mirzayev  hamda viloyatdagii 30 dan ortiq boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishib, bolajonlarga Prezidentimiz nomidan yangi yil sovg‘alarini taqdim etdilar.

Tadbirda viloyat Madaniyat boshqarmasi hamda Hamid Olimjon nomli viloyat musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan teatrlashtirilgan quvnoq  sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Shuningdek, joriy yilning 29 dekabr kuni viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida Prezident archasi bayram tadbirlari yuqori saviyada tashkil qilindi. Ushbu bayram tadbirlarida 495 nafar chin yetim bolalarga Prezident sovg‘asi tarqatilib, 2657 nafar kam ta'minlangan oila farzandlariga homiylar tomonidan yangi yil sovg‘alari ulashildi.


Kiritilgan vaqti: 29/12/2017 08:10;   Ko‘rilganligi: 239
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/prezident-archasi
Chop etilgan vaqti: 16/10/2019 07:58
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing