Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

Prezident maktabi o‘quvchilari “SEAMO-2019" olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Nodavlat Xalqaro olimpiadalar tashkiloti bilan hamkorlikda maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘rtasida joriy yilning oktyabr oyida “SEAMO-2019” Janubiy-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasi o‘tkazildi.

Olimpiada natijalariga ko‘ra, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 6-sinf o‘quvchisi Muhammadrizo Majidov
va 9-sinf o‘quvchisi Usmon Yusupov SEAMO matematika olimpiadasining saralash bosqichida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ta'kidlash joizki, Prezident maktablari mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni o‘qitish tizimini yaratish hamda kelgusida ularda rahbarlik va yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan. Ilk Prezident maktabi joriy yilning 10 sentyabrida Toshkent shahrida ish boshladi.

Yurtboshimiz Sh.Mirziyoev Prezident maktablari – yurtimizda ta'lim sifatini oshiruvchi lokomotiv vazifasini bajarishi kerakligini hamda xalqimizning ulug‘vor va olijanob orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishda barchaga namuna bo‘lishini ta'kidlagan edi.

Prezident maktabi o‘quvchilari ana shunday ishonchni oqlab, ilk bor ishtirok etgan musobaqalarda oltin medallarni qo‘lga kiritdi.

O‘quvchilarimizning bu kabi yutuqlarga erishishi Prezident maktablarining asosiy sinovlarini “Cambridge Assessment International Education” mutaxassislari tomonidan xolislik va adolatli o‘tkazilganligidan dalolat beradi.

Oxirgi o‘zgarish: 09/11/2019 06:48;   Ko‘rilganligi: 122
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/prezident-maktabi-oquvchilari-seamo-2019-olimpiadasida-oltin-medalni-qolga-kiritdi
Chop etilgan vaqti: 28/02/2020 00:21
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing