Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Prezident maslahatchisining sayyor qabuli boshlandi

Oqdaryo tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T. Xudaybergenov rahbarligidagi sayyor qabul o‘z ishini boshladi.

Unda Oqdaryo, Ishtixon, Qo‘shrabot va Nurobod tumanlari aholisining murojaat, shikoyat va takliflarini davlat idoralari, vazirlik, viloyat tashkilotlari vakillari qabul qilib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rmoqda. Fuqarolarning xalq ta'limi tizimi, sohadagi mavjud muammolarini Xalq ta'limi vazirining o‘rinbosari I. Jo‘rayev tinglab, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi hamda tuman va shahar xalq ta'limi bo‘limi mas'ullariga topshiriqlar bermoqda.
Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.


Oxirgi o‘zgarish: 12/12/2019 07:05;   Ko‘rilganligi: 153
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/prezident-maslahatchisining-sayyor-qabuli-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 08/04/2020 17:09
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing