Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

PREZIDENT SOVG‘ASI

2017 yilning 25 dekabr kuni ertalab soat 6:00 da Samarqand xalqaro aeroportida Prezident sovg‘asi karnay-surnay sadolari ostida Qorbobo va Qorqiz ishtirokida kutib olindi.

Samarqand shahridagi Mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlari, Maxsus bolalar uyi, “SOS” bolalar mahallasi tarbiyalanuvchilari, Mudofaa va ichki ishlar vazirligi, davlat bojxona qo‘mitasi, Milliy xavfsizlik xizmati tizimida mustaqillik yillarida Vatan himoyasi kabi sharafli, oliyjanob kasbga o‘zini bag‘ishlab, mamlakatimiz xavfsizligi, hududiy yaxlitligi va sarhadlarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinchligi va osoyishta hayotini asrash yo‘lida jon fido qilgan harbiy xizmatchilarning farzandlari, mahallalarda istiqomat qilayotgan 3-15 yoshgacha bo‘lgan ota-onasini yo‘qotgan chin yetim bolalar uchun 980 dona  yangi yil sovg‘alari viloyat ichki ishlar va yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari xodimlari kuzatuvi ostida Samarqand shahridagi “O‘quv ta'lim-ta'minot” Davlat unitar korxonasining viloyat filialidan belgilangan jadval asosida joriy yilning 27 dekabr kuni barcha tuman, shahar xalq ta'limi bo‘limlari hamda Mehibonlik uylariga tarqatildi.


Kiritilgan vaqti: 26/12/2017 08:06;   Ko‘rilganligi: 236
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/prezident-sovgasi
Chop etilgan vaqti: 14/11/2019 07:47
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing