Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

PREZIDENT TASHABBUSLARI - AMALDA

2019 yil 18 sentyabr kuni Samarqand tumanidagi 33-umumta'lim maktabida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2017 yil 1 martdagi 67-sonli ta'lim muassasalarini jihozlash to‘g‘risidagi buyrug‘i ijrosi hamda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarining oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar” mavzusida viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ozod Jangirov, viloyatdagi barcha tuman, shahar xalq ta'limi bo‘limlari ma'naviy-axloqiy tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘ba rahbarlari, Samarqand tuman hokimligi va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida viloyat o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi.
Seminar ishtirokchilari ta'lim muassasasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishib, o‘zaro fikr va tajriba almashdilar.
Seminar yakunida kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.



Oxirgi o‘zgarish: 20/09/2019 17:15;   Ko‘rilganligi: 161
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/prezident-tashabbuslari-amalda
Chop etilgan vaqti: 28/02/2020 02:00
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing