Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

QAROR VA IJRO

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli qarorining 6-bandiga asosan 2013 yildan boshlab respublika miqyosida chet tillar o‘qituvchilariga zarur ehtiyoji bo‘lgan uzoq tumanlar va qishloq aholi punktlarida yashayotgan aholi ichidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining tavsiyanomalari asosida ingliz tili yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihonlarini topshirib, minimal kirish balidan yuqori ball to‘plagan 769 nafar abituriyentlar oliy ta'lim muassasalariga maqsadli qabul qilingan.

Mazkur qarorga asosan maqsadli qabul asosida oliy ta'lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingan shaxslar, o‘qishni bitirganlaridan so‘ng, o‘zlari yashaydigan joylarda joylashgan va mahalliy davlat hokimiyati organlari tavsiyanomalarida ko‘rsatilgan ta'lim muassasalarida 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda olingan mutaxassisliklari bo‘yicha ishlab berishlari shart.

Jumladan, Samarqand viloyatidan ham 37 nafar talaba oliy ta'lim muassasalariga imtiyoz asosida maqsadli qabul qilinib, joriy 2016-2017 o‘quv yilida o‘qishni bitirayotganligi sababli ular belgilangan tumanlardagi aynan chekka hududlarda joylashgan umumiy o‘rta ta'lim maktablarida 5 yil muddat davomida ishlab berishlari kerak. Shartnoma shartlariga ko‘ra, bitiruvchining ma'lumoti haqidagi diplomi oliy ta'lim muassasasi tomonidan aynan shartnomada ko‘rsatilgan umumiy o‘rta ta'lim maktabida ishlaganligi haqidagi viloyat xalq ta'limi boshqarmasining tavsiya xati asosida beriladi.


Kiritilgan vaqti: 23/01/2017 07:29;   Ko‘rilganligi: 69
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/qaror-va-ijro
Chop etilgan vaqti: 17/06/2019 20:07
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing