Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

Qo‘shboqov Shavkat Annaqulovich Qo‘shrabot tumani xalq ta'limi bo‘limi mudiri vazifasiga tayinlandi

2019 yil 29 may kuni Qo‘shrabot tuman hokimligining katta majlislar zalida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari X.Ko‘bayev, viloyat xalq  ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari U.Mamarasulov, tuman xalq ta'limi bo‘limi xodimlari va tumandagi barcha umumiy o‘rta ta'lim maktablari direktorlari ishtirok etishdi.
 Yig‘ilishda viloyat xalq  ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari U.Mamarasulov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining buyrug‘i bilan 2019 yil 22 maydan Qo‘shrabot tumani xalq ta'limi bo‘limi mudiri lavozimiga Qo‘shboqov Shavkat Annaqulovich tayinlanganligini e'lon qildi. 
Qo‘shrabot tumani xalq ta'limi bo‘limi mudiri Qo‘shboqov Shavkat Annaqulovich tizimda ta'lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘z oldiga ustuvor vazifalarni belgilab olganligini, bor bilimi va tajribasini yoshlar ta'lim-tarbiyasiga bag‘ishlashini ta'kidladi. 
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Kiritilgan vaqti: 04/06/2019 06:42;   Ko‘rilganligi: 146
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/qoshboqov-shavkat-annaqulovich-qoshrabot-tumani-xalq-talimi-bolimi-mudiri-vazifasiga-tayinlandi
Chop etilgan vaqti: 16/10/2019 08:43
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing