Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

QO‘SHRABOTDA MAKTABLAR SONI YANA BITTAGA KO‘PAYDI

Bugun o‘quvchilar, ayniqsa, birinchi sinfga qadam qo‘ygan jajji bolajonlar uchun hayajonli bo‘lgan “Bilimlar kuni” tadbirlari Qo‘shrabot tumanida ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Boshlangan yangi o‘quv yilida 2588 nafar qo‘shrabotlik bolajonlar ilk bor 1-sinfga qadam qo‘ydi. Ularning barchasiga “Prezident sovg‘asi” topshirildi.
Shu paytga qadar tumanda 88 ta maktab faoliyat yuritib, ushbu ta'lim muassasalarida 26 mingga yaqin o‘quvchi ta'lim-tarbiya olib kelardi.
Bugun “Bilimlar kuni” tadbirlari doirasida tumanning Qo‘shrabot mahallasida joylashgan sobiq Qo‘shrabot tuman iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji binosida yangi tashkil etilgan 89-maktab o‘z faoliyatini boshladi.
Bino ta'mirlanib, yangi o‘quv yiliga maktab o‘quvchilari uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Mazkur maktab tashkil etilgach, 50 nafarga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi hamda 398 nafar o‘quvchi ta'lim-tarbiya olishni boshladi.
Bundan tashqari, mukammal ta'mirdan chiqarilgan 48-maktab, rekonstruksiya qilingan 41- va 32- maktab o‘quvchilari uchun ham yangi binolarda ta'lim-tarbiya olishni boshlashdi.



Oxirgi o‘zgarish: 10/09/2019 18:00;   Ko‘rilganligi: 5
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/qoshrabotda-maktablar-soni-yana-bittaga-kopaydi
Chop etilgan vaqti: 16/09/2019 17:35
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing