Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

“Quvnoq startlar” musobaqasining respublika bosqichi g‘oliblari taqdirlandi

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan “Quvnoq startlar” sport musobaqasining respublika (final) bosqichi Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi chet tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘tkazildi.

Mazkur sport musobaqasining Respublika final bosqichida hududiy saralash bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 8 ta jamoa qur'a tashlash natijasiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linib o‘zaro bellashdilar. Guruhda 1-2 o‘rinlarni egallagan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari jamoalari yarim finalda kuch sinashdi. Musobaqaning finalida yarim final bosqichida g‘olib bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Farg‘ona viloyati jamoalari bellashdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni Farg‘ona viloyati Toshloq tumani                      32-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi “Uchqun” jamoasi qo‘lga kiritdi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani 1-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi “Akmang‘it” jamoasi 2-o‘rinni egalladi. Musobaqaning 3-o‘riniga esa Jizzax viloyati Zarbdor tumani 9-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining “Yoshlik” jamoasi va Samarqand viloyati Urgut tumanidagi                 3-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining “Chinor” jamoalari sazovor bo‘lishdi.

Sport musobaqasi g‘olib va sovrindorlari Xalq ta'limi vazirligi hamda O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan qimmatbaho va esdalik sovg‘alar, diplom, medal hamda kubok bilan taqdirlandilar.


Oxirgi o‘zgarish: 10/08/2019 08:16;   Ko‘rilganligi: 110
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/quvnoq-startlar-musobaqasining-respublika-bosqichi-goliblari-taqdirlandi
Chop etilgan vaqti: 23/11/2019 03:10
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing