Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

Robototexniklarimiz 24 mamlakat o‘rtasida oliy o‘ringa sazovor bo‘ldi

Joriy yil 2-3 avgust kunlari respublikamizdagi “Barkamol avlod” bolalar markazlari to‘garak a'zolari va yaqinda bo‘lib o‘tgan “Youth Techno Art-2019” bolalarning texnik ijodkorligi xalqaro festival-tanlovi g‘oliblaridan tashkil topgan O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyada robototexnika yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan “International Young Robot Compenitions (IYRC)-2019” xalqaro tanlovida ishtirok etishdi.

         Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrining iqtidorli 12 nafar o‘quvchilari va kuzatuvchilaridan iborat terma jamoa a'zolari bir qator yo‘nalishlarda yurtimiz sharafini himoya qilishdi.

        Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu Xalqaro tanlovda 2 ta muhim loyiha tayyorlashgan bo‘lib, ular quyidagilar:

        1-loyiha – imkoniyati cheklanganlar uchun mo‘ljallangan nogironlik aravachasini neyro impulslar orqali boshqaruvchi robot loyihasi.

        2-loyiha- favqulodda vaziyatlar holatida inson hayotini qutqarish loyihasi.

         Mazkur tanlovda jahonning 24 davlatidan kelgan 700 nafar o‘quvchi-yoshlar o‘z loyihalari bilan qatnashdi. Tanlovda terma jamoamizning “Imkoniyati cheklanganlar uchun mo‘ljallangan nogironlik aravachasini neyroimpulslar orqali boshqaruvchi robot” hamda “Favqulodda vaziyatlar holatida inson hayotini qutqarish” kabi loyihalari xalqaro hakamlar hay'ati tomonidan yuqori baholandi.

       - Musobaqada respublikamizdan qatnashgan eng iqtidorli 12 nafar yoshlar orasida markazimiz o‘quvchisi Shukurbek Ro‘zimurodov ham o‘z loyihalarini namoyish qildi va o‘z yo‘nalishida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi, - deydi Samarqand shahar “Barkamol avlod” bolalar markazi direktori Nargiza Qobilova. -  Shukurbekning robototexnik ishlanmalari soha mutaxassislarida katta qiziqish uyg‘otdi.

         Terma jamoamiz barcha nominatsiyalar bo‘yicha gran-pri g‘olibi deb topildi va oliy o‘ringa sazovor bo‘ldi. Yosh ixtirochilarimiz yakunda sakkizta medal, ikkita kubok hamda 2020 yil Rossiya Federatsiyasida bo‘lib o‘tadigan robototexnika tanloviga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Oxirgi o‘zgarish: 09/08/2019 16:56;   Ko‘rilganligi: 214
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/robototexniklarimiz-24-mamlakat-ortasida-oliy-oringa-sazovor-boldi
Chop etilgan vaqti: 28/02/2020 01:00
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing