Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

“SALOM YANGI YIL!”

“Prezident archasi” bayram tadbirlari ana shu shior ostida o‘tkaziladi

Joriy yilning 28 dekabridan umumta'lim maktablari o‘quvchilari uchun qishgi ta'til kunlari boshlanadi. Ta'til ular uchun unutilmas “Prezident archasi” bayram tadbirlari bilan boshlanadi.

26 dekabr kuni erta tongdan Samarqand xalqaro aeroportida viloyatimizning 930 nafar Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, SOS bolalar mahallasida yashayotgan bolalar, boquvchisini yo‘qotgan chin yetimlar hamda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etgan huquq-tartibot organlari xodimlarining farzandlari uchun “Prezident sovg‘asi” Qorbobo va Qorqiz ishtirokida kutib olindi. Yurtboshimiz nomidan yuborilgan Maxsus sovg‘alar qopchig‘i bilan 6 nomdagi o‘quv qurollari, 20 nomdagi shirinliklar, yumshoq o‘yinchoq va shaxmat joy olgan “Prezident sovg‘asi” 27-28 dekabr kunlari viloyatning tuman va shaharlariga taqsimot asosida tarqatiladi.

29 dekabr kuni esa Samarqand shahridagi “Oltin Samarqand” restoranida “Salom Yangi yil!” nomli “Prezident archasi” bayram tadbiri tashkil etilib, “Prezident sovg‘asi”ning bir qismi shahardagi 452 nafar Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, SOS bolalar mahallasida yashayotgan bolalar, 3-15 yoshdagi boquvchisini yo‘qotgan chin yetimlar hamda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etgan huquq-tartibot organlari xodimlarining farzandlariga tantanali ravishda topshiriladi. Teatrlashtirilgan tomoshalar, konsert dasturlari bolajonlar e'tiboriga havola etiladi.

“Prezident archasi” tadbirlari tuman va shaharlarning barchasida bir paytda o‘tkazilib, “Prezident sovg‘asi” tantanali ravishda topshiriladi.


Oxirgi o‘zgarish: 27/12/2019 14:54;   Ko‘rilganligi: 102
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/salom-yangi-yil
Chop etilgan vaqti: 03/04/2020 08:38
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing