Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

Samarqand shahar hokimi va'da berdi: Navro‘z va Yoshlik mahallalaridagi maktablar avgust oyi yakuniga qadar foydalanishga topshiriladi

Samarqand shahar hokimi (v.b. B.Obloqulov) feysbukdagi sahifasida “Xishrav qo‘rg‘onidagi “Yoshlik”, “Chilquduq”, “Navro‘z” mahallalari aholisiga” murojaat qildi. Unda jumladan, shunday yozilgan:

“Joriy yilda “Obod mahalla” dasturiga asosan shahrimizning “Yoshlik”, “Chilquduq” va “Navro‘z” mahallarida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

Bugungi kunga qadar, ushbu mahallalarda elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash bo‘yicha 77 dona yangi simyog‘ochlar o‘rnatilib, 5,0 km uzunlikdagi tarmoq yangisiga almashtirildi, 4,3 km gaz tarmoqlari, 6,5 km irrigatsiya tizimlari rekonstruksiya qilinib, 5,2 km piyodalar yurish yo‘laklari barpo etildi hamda ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash bo‘yicha 5,4 km yangi tarmoq o‘tkazildi va bu borada ishlar davom ettirilmoqda.

Xishrav qo‘rg‘oni aholisi birdamligi natijasida aholining yakka tartibdagi uy-joylarini ta'mirlash ishlari jadal olib borilmoqda.

O‘tgan davrda hudud aholisining qiynab kelgan asosiy muammolaridan biri bo‘lgan ichki yo‘llarni ta'mirlash bo‘yicha 16,6 km yo‘llar asfalt qoplamasi yotqizish hamda 8,6 tosh yotqizish rejalashtirilgan. Bugungi kunda ichki yo‘llarga asfalt va tosh yotqizish hamda ko‘chalarni energiya tejamkor lampalar bilan yoritish ishlari o‘z yakuniga yetkazilmoqda.

Hurmatli hamshaharlar!

“Yoshlik” mahallasida joylashgan 36-sonli umumta'lim maktabining

700 o‘quvchiga mo‘ljallangan mavjud binolarida kapital ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Maktabning oshxonasi, faollar zali, laboratoriya xonalari to‘liq ta'mirlanib, o‘quvchilar erkin harakatlanishlari uchun yo‘laklar, trotuarlar tartibga keltirilib, maktab hovlisida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Navro‘z mahallasida joylashgan 45-sonli 75 o‘ringa mo‘ljallangan hamda Yoshlik mahallasida joylashgan 11-sonli 100 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta'lim muassasalari to‘liq qayta qurilish ishlari yakuniga yetmoqda.

Ijtimoiy soha muassalarida aziz o‘quvchi va bolajonlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib, shu yilning avgust yakuniga qadar foydalanishga topshirilishini ta'minlaymiz”.

Oxirgi o‘zgarish: 10/08/2019 08:08;   Ko‘rilganligi: 63
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/samarqand-shahar-hokimi-vada-berdi-navroz-va-yoshlik-mahallalaridagi-maktablar-avgust-oyi-yakuniga-qadar-foydalanishga-topshiriladi
Chop etilgan vaqti: 16/10/2019 07:51
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing