Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

SAMARQAND SHAHRIDAGI 24-MAKTABDA QO‘Y SO‘YILMAGAN!

Joriy yilning 12 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Samarqand shahridagi 24-umumta'lim maktabida qassobxona ochilgani yoxud qo‘y so‘yib, go‘shti sotilganligi bilan bog‘liq noxolis ma'lumot tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan bugun viloyat xalq ta'limi boshqarmasi, Samarqand shahar davlat sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi hamda shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari ishtirokida Samarqand shahridagi 24-umumta'lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
Ma'lum bo‘lishicha, ushbu maktabning texnologiya fani o‘qituvchisi I. A. 2019 yilning 11 noyabr kuni ukasi D. U. boqqan bir bosh qoramolni Samarqand viloyat Payariq tumanidagi “Dilnoza” mas'uliyati cheklangan jamiyati kushxonasida so‘ydirib, go‘sht mahsulotining ma'lum qismini maktab o‘qituvchilarining iltimosiga ko‘ra, Samarqand shahridagi 24-umumta'lim maktabi hududida, o‘quv binodan 100-150 metr uzoqlikda nimtalab tarqatgan. O‘qituvchilar go‘shtni nasiyaga olib, o‘zaro kelishgan holda, pulini oylik maosh olganda berishga kelishishgan.
Holat mutaxassislar tomonidan o‘rganilganda, haqiqatan ham maktab hududida qoramol ham, qo‘y ham so‘yilmagani, olib kelingan qoramol go‘shti esa Payariq tumanidagi “Dilnoza” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli kushxonada so‘yilganligiga oydinlik kiritildi (Samarqand viloyat Payariq tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limining 027298-sonli ma'lumotnomasi mavjud). Biroq go‘shtni nimtalab, tarqatgan fuqarolarning tibbiy ko‘rikdan o‘tgan yoki o‘tmaganligi noma'lumligi, shuningdek, ularning maxsus kiyimda emasligi mutaxassislar tomonidan o‘qituvchi hamda maktab rahbariyatiga tushuntirilib, ularga tegishli tartibda ogohlantirish berildi.

Samarqand viloyat xalq ta'limi
boshqarmasi axborot xizmati.

Oxirgi o‘zgarish: 21/11/2019 07:40;   Ko‘rilganligi: 127
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/samarqand-shahridagi-24-maktabda-qoy-soyilmagan
Chop etilgan vaqti: 23/02/2020 00:07
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing