Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Samarqand shahridagi 51-nemis tiliga ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o‘rta ta'lim maktabiga nemis faylasufi, tilshunos olim Fridrix Vilhelm fon Xumboldt nomi berildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari S.Boboxo‘jayev, Germaniyaning xorijdagi maktablari markaziy boshqarmasi muvofiqlashtiruvchisi Barbara Damboldt, viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilov, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning shu yil 20-22 yanvar kunlari Germaniya Federativ Respublikasiga amalga oshiradigan rasmiy tashrifi arafasida maktabga bunday nom berilishi davlatlarimiz o‘rtasida ilm-fan, ta'lim sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta'kidlandi. Barbara Damboldt maktab ta'lim jarayonlari bilan tanishib, bu yerda o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun zamon talablari darajasida sharoit yaratilganini qayd etdi. O‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lib, ularning zehni va dunyoqarashidan xursand bo‘ldi. – O‘quvchilarning nemis tilida erkin muloqot qilganini ko‘rib, juda quvondim, – deydi B.Damboldt. – Yurtingizda nemis ilm-fani va madaniyati haqidagi tushunchalarni yanada boyitish maqsadida ushbu maktabga Fridrix Vilhelm fon Xumboldt nomining berilishi bizni xursand qildi. Bu harakatlar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga yanada ijobiy ta'sir ko‘rsatdi. 2260 nafar o‘quvchi tahsil olayotgan mazkur muassasada 2001 yildan buyon nemis tili chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi. Ularga 115 nafar pedagog-murabbiy saboq beradi.

Kiritilgan vaqti: 16/01/2019 16:54;   Ko‘rilganligi: 191
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/samarqand-shahridagi-51-nemis-tiliga-ixtisoslashtirilgan-davlat-umumiy-orta-talim-maktabiga-nemis-faylasufi-tilshunos-olim-fridrix-vilhelm-fon-xumboldt-nomi-berildi
Chop etilgan vaqti: 16/10/2019 07:54
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing