Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Samarqand viloyatida umumiy jinoyatchilik 29 foizga, yoshlar jinoyati 42,3 foizga kamaygan

Joriy yilning 5 avgust kuni Samarqand viloyat hokimligining majlislar zalida viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilov rahbarligida 2019 yilning o‘tgan davrida hududlarda yoshlar jinoyatchiligining oldini olish borasidagi ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlab videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari R.Qobilov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi A.Aslonovlar so‘zga chiqib, viloyatda umumiy jinoyatchilik 29 foizga, yoshlar jinoyati 42,3 foizga kamayganligini ta'kidladi. Biroq yoshlar jinoyati Kattaqo‘rg‘on tumanida 1 taga (24/23) yoki 4,3 foizga oshganligi, ayniqsa, xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarda qatnashganlar Past Darg‘om va Samarqandda 1 taga, Paxtachida 2 taga, kasb-hunar ta'limi o‘quvchilari o‘rtasidagi jinoyatlar Bulung‘urda 2 taga, Kattaqo‘rg‘onda 1 taga oshganligi, shuningdek, hech qayerda ishlamaydigan va o‘qimaydigan yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar Kattaqo‘rg‘onda 17 taga, Narpayda 1 taga, Payariqda 9 taga, Paxtachida 8 taga, Samarqandda 6 taga va Toyloqda 5 taga oshganligi afsus bilan qayd etildi.

Yig‘ilishda joriy yilning 10-20 avgust kunlari “Biz jinoyatchilikka qarshimiz: sondan sifatga” shiori ostida “Barchasi o‘z qo‘lingda!” targ‘ibot dekadasini yangicha yondashuv asosida tashkil etish lozimligi, ichki ishlar organlari profilaktik hisobida turuvchi, probatsiya xizmati nazoratidagi, Prezident farmoni bilan afv etilgan va yoshlar ittifoqi kafilligi bilan ozod etilgan voyaga yetmaganlarni jalb etgan holda “Tarbiya – sport sog‘lomlashtirish oromgohlari” loyihasini tashkil etish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.


Oxirgi o‘zgarish: 10/08/2019 08:13;   Ko‘rilganligi: 57
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/samarqand-viloyatida-umumiy-jinoyatchilik-29-foizga-yoshlar-jinoyati-423-foizga-kamaygan
Chop etilgan vaqti: 16/10/2019 08:08
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing