Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

Samarqand viloyatida xalq ta'limi sohasini tubdan takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatiga tashrifidan so‘ng, joriy yilning 12 yanvar kuni Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov ishtirokida Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi rahbariyati, bo‘lim boshliqlari, tuman, shahar xalq ta'limi bo‘limi mudirlari bilan Prezidentimizning Samarqand viloyatida o‘tkazilgan yig‘ilishdagi ma'ruzasidan kelib chiqib viloyat va tuman xalq ta'limi bo‘limlari rahbarlarining vazifalari va shaxsiy mas'uliyatlari muhokama etildi. Shuningdek, Xalq ta'limi vaziri Sh.Shermatov tomonidan Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar, farmon va qarorlar ijrosini o‘z vaqtida ta'minlash, qolaversa, xalq ta'limi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, kam quvvatli maktablarni koeffitsiyenti yuqori bo‘lgan maktablarga biriktirgan holda tarmoq maktablarini tashkil etish, ta'lim muassasalarida byudjetdan tashqari mablag‘ topish imkoniyatlarini kengaytirish, bu borada muvaffaqiyatlarga erishgan ta'lim muassasalari rahbarlarining ishlarini ommalashtirish, “Barkamol avlod” bolalar markazlarida zamonaviy to‘garaklar ochish orqali ularda o‘quvchilar qamrovini oshirish kabi masalalar alohida ta'kidlab o‘tildi. Yig‘ilishda tuman, shahar xalq ta'limi bo‘limi mudirlarining 2018-2019 o‘quv yili davomida ta'lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan taqdimotlari tinglandi. Tadbir yakunida ishtirokchilarning savollariga javoblar qaytarilib, kelgusida ta'lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish va o‘qituvchilarning jamiyatdagi mavqeyini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. Muhokama yakunlarida bir oy muddatda tanqidiy tahlil asosida Samarqand viloyatida xalq ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqib, Viloyat hokimiyati bilan birgalikda tasdiqlash va unda, jumladan quyidagi vazifalarni ko‘zda tutish vazifasi belgilab berildi: 278 ta kam quvvatli maktablarni tarmoq maktablariga aylantirish hamda davlat-xususiy sherikchiligi orqali xususiy maktablar tarmog‘ini rivojlantirish orqali samaradorligini oshirish; 442 ta 1,5 koeffitsiyentdan yuqori maktablarda, jumladan 193 ta paxsa va xom g‘ishtli eski binolarda qayta o‘qishni boshlashga majbur bo‘lgan maktablarda, tarmoq maktablari yaratish, qo‘shimcha o‘quvchi o‘rinlari uchun binolar qurish hamda bo‘shayotgan kasb-hunar kollejlarini maktablarga aylantirish orqali o‘quvchilar uchun qulayliklar yaratish; 203 ta maktab filiallaridagi sharoitlarni bosqichma-bosqich yaxshilash va ularni sonini optimallashtirish yoki to‘laqonli maktabga aylantirish; 282 ta suv ta'minotidagi muammolari bor, 661 ta atrofi to‘liq o‘ralmagan, 731 ta oshxonasi yo‘q, 414 ta sport zali yo‘q, 480 ta isitish tizimidagi kamchiliklari mavjud hamda 644 ta tibbiy puktlari bo‘lmagan maktablardagi sharoitlarni yaxshilash; 8650 nafar o‘rta-maxsus ma'lumotli o‘qituvchilarni bosqichma-bosqich oliy ma'lumotli o‘qituvchilar bilan almashtirish, jumladan ularni maxsus sirtqi kurslarida o‘qitish orqali; xususiy maktablarni kamida 2 barobarga oshirish maqsadida ularga aholi turar joylariga qulay bo‘lgan, jumladan, Urgut, Payariq, Pastdarg‘om, Tayloq, Jomboy, Oqdaryo va Samarqand tumani markazlarida yer maydonlarini ajratish choralarini ko‘rish.

Kiritilgan vaqti: 12/01/2019 13:01;   Ko‘rilganligi: 263
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/samarqand-viloyatida-xalq-talimi-sohasini-tubdan-takomillashtirish-boyicha-vazifalar-belgilab-olindi
Chop etilgan vaqti: 20/11/2019 18:32
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing