Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

 

SAMARQANDDA FIZIKA VA ASTRONOMIYA FANLARIDAN MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI XALQARO OLIMPIADA O‘TKAZILADI

2018 yil 19–23 iyun kunlari Samarqand shahrida ilk marotaba umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 10–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fizika va astronomiya fanlaridan Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiada o‘tkaziladi.

Yurtimizda ushbu nufuzli xalqaro olimpiadani tashkil etish tashabbusi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning shu yil mart oyida Samarqand shahriga qilgan tashrifi davomida mahalliy aholi faollari bilan uchrashuvda ilgari surilgan edi. Samarqand shahrida ilk bor o‘tkazilayotgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiadada dunyoning qator davlatlaridan iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etishmoqda. Ya'ni har bir ishtirokchi davlatdan 6 nafar o‘quvchi (uch nafar fizika, uch nafar astronomiya fanlaridan) hamda ikki nafar jamoa rahbaridan iborat guruh ishtirok etishi belgilangan. Xalqaro olimpiada ikki bosqichda: nazariy va eksperimental bosqichda o‘tkazilib, olimpiada materiallari o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlanadi. Hakamlar hay'ati fizika va astronomiya fanlaridan dunyoning taniqli xalqaro darajadagi ekspertlari, MDH davlatlarining professor-o‘qituvchilari va yurtimizning tajribali olimlari, mahoratli amaliyotchi o‘qituvchilaridan iborat. Xalqaro olimpiada ishtirokchilari va shahrimiz mehmonlariga yurtimizning turizm salohiyati namoyish etilib, Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohatlar, madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etiladi. Mazkur xalqaro olimpiada keyinchalik ikki yilda bir marotaba umumta'lim muassasalarining 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilib, uning nufuzini oshirish, ishtirokchi davlatlar sonini kengaytirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib boriladi. O‘zbekistondan qatnashgan xalqaro olimpiada g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oliy ta'lim muassasalariga imtiyozli ravishda o‘qishga kirish huquqini qo‘lga kiritadi. Xalqaro olimpiada g‘oliblari va sovrindorlari tashkiliy qo‘mita tomonidan oltin, kumush, bronza medallari, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati. Tel.: (0366)-233-37-65, faks: 233-60-55, 233-63-03 Web-site: pastdargom.xtb.uz, e-mail: samarqand_vxtb@xtv.uz

Oxirgi o‘zgarish: 27/06/2018 02:19;   Ko‘rilganligi: 109
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/samarqandda-fizika-va-astronomiya-fanlaridan-mirzo-ulugbek-nomidagi-xalqaro-olimpiada-otkaziladi
Chop etilgan vaqti: 15/07/2019 21:43
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing