Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

SAMARQANDDA ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI SOVRINDORLARI SARALANMOQDA

Samarqandda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun tanlovning viloyat bosqichi boshlandi. Unda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan tanlovning quyi bosqichlarida g‘oliblikni egallagan qizlar 7 ta yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etishmoqda. Tanlovning ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi G.Alimova ishtirok etib, ishtirokchilarni qutladi. - Joriy yilning oktyabr-sentyabr oylarida bo‘lib o‘tgan tanlovning shahar, tuman bosqichlarida 1986 nafar qizlar ishtirok etib, ularning 131 nafari viloyat bosqichiga tavsiya etildi, - deydi G.Alimova. - Keyingi yillarda har bir viloyatdan ikki nafardan qizlarning ushbu mukofotga sazovor bo‘layotgani iqtidorli qizlar uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Qizlar ayni paytda erishgan yutuqlariga to‘xtalib, tanlov komissiyasi a'zolarining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid savollariga javob bermoqda.

Oxirgi o‘zgarish: 21/11/2019 07:34;   Ko‘rilganligi: 53
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/samarqandda-zulfiya-nomidagi-davlat-mukofoti-sovrindorlari-saralanmoqda
Chop etilgan vaqti: 10/12/2019 01:26
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing