Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

Samarqanddagi 141 nafar maktab bitiruvchisiga oltin va kumush medallar topshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Umumiy o‘rta ta'lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqlagandi, – deydi Samarqand viloyat xalq ta'limi boshqarmasining ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i G‘ayrat Boboxolov. – Unga ko‘ra, belgilangan talablarga javob beradigan maktab bitiruvchilariga oltin hamda kumush medallar berish ko‘zda tutilgan. Shu asosida 2018-2019 o‘quv yilida Samarqand viloyati buyicha 11-sinfni tugatgan 78 nafar o‘quvchiga oltin va 63 nafariga kumush medal berish rejalashtirildi. Eslatib o‘tamiz, oltin medal umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a'lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 10 va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a'lo bo‘lgan yoki akademik litseylarning barcha kurslarida fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, yarim yillik va yillik baholari a'lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi. Kumush medal esa umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a'lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 10 va 11-sinflarida yoki akademik litseylarning barcha kurslarida fanlar bo‘yicha yillik baholari a'lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga topshiriladi. Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2018-2019 o‘quv yilida viloyatimizdan 11-sinfni 30 ming 268 nafar o‘quvchi bitiradi va 30 ming 127 nafariga oddiy attestat beriladi. Darvoqe, mazkur haftada Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi”da yigit-qizlarga oltin va kumush medallarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi. Shu kuni 410 nafar o‘quvchi “Imtiyozli kasb malakasi diplomi” bilan ham taqdirlanadi.

Oxirgi o‘zgarish: 17/06/2019 14:46;   Ko‘rilganligi: 142
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/samarqanddagi-141-nafar-maktab-bitiruvchisiga-oltin-va-kumush-medallar-topshiriladi
Chop etilgan vaqti: 17/09/2019 13:53
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing