Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

SAMARQANDLIK YOSHLAR “MUNOZARA” VA “ZAKOVAT” RESPUBLIKA MUSOBAQALARIDA G‘OLIBLIKNI QO‘LGA KIRITISHDI

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan mamlakatimizdagi 28 ta umumta'lim maktablari “Munozara” va “Zakovat” klublari faoliyatini takomillashtirish hamda rivojlantirish bo‘yicha markazlashgan to‘garaklarni tashkil etish bo‘yicha tayanch maktablari etib belgilanib, har bir hududda bittadan klublar tashkil etilgan edi. Ushbu klublar mustaqil fikrlaydigan o‘quvchi-yoshlarni tarbiyalash, ularda tizimli tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va mohirona munozara olib borish qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘quvchilarda vatanparvarlik hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga, o‘rtaga qo‘yilgan muammoga xolis yondasha olish, o‘z fikrlarini asoslash va aniq bayon etish malakasini shakllantirishda ko‘mak berishga hamda o‘quvchi-yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirishga xizmat qilishi belgilangan edi.
Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ushbu tayanch maktablar jamoalari o‘rtasida respublika “Zakovat” intellektual o‘yini hamda “Munozara” o‘yin turniri o‘tkazildi. Ushbu tanlovlarda viloyatimizdan Toyloq tumanidagi 20-maktab jamoasi hamda Kattaqo‘rg‘on shahridagi 11-maktab jamoalari qatnashishdi. Tanlov yakunlariga ko‘ra “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha Respublikada g‘oliblikni Toyloq tumanidagi 20-maktab jamoasi va “Munozara” o‘yin turnirida g‘oliblikni Kattaqo‘rg‘on shahridagi 11-maktab jamoasi qo‘lga kiritdi.

Kiritilgan vaqti: 30/08/2019 18:02;   Ko‘rilganligi: 5
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/samarqandlik-yoshlar-munozara-va-zakovat-respublika-musobaqalarida-goliblikni-qolga-kiritishdi
Chop etilgan vaqti: 16/09/2019 18:00
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing