Samarqand viloyat hokimligi
Xalq ta'limi boshqarmasi
w w w . s a m x t b . u z

Sayyor qabul

Narpay tumanida viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Zafar Karimov tomonidan o‘tkazilgan “Sayyor qabul” davomida turli masalalar bo‘yicha jami 42 nafar fuqarolar murojaat qilib, shundan 25 nafarining  murojaati joyida hal etildi, 17 tasi nazoratga olindi.
 “Sayyor qabul”dan so‘ng boshqarma boshlig‘i umumta'lim maktablarini yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, dastur asosida ta'mirlanayotgan ta'lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Ta'kidlash joizki, Narpay tumanidagi umumta'lim maktablarining aksariyati yangi o‘quv yiliga tayyor holatga keltirilgan bo‘lsada,  tumandagi 6-, 8-, 56-, 57-, 17- va Ishtixon tumanidagi 1-maktablarda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari yakuniga yetkazilmaganligi aniqlandi.
Boshqarma boshlig‘i tomonidan  tuman xalq ta'limi bo‘limlari va maktab direktorlariga 10 kun muddatda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Oxirgi o‘zgarish: 10/08/2019 07:05;   Ko‘rilganligi: 46
 
Material manzili: http://samvxtb.uz/oz/press/news/sayyor-qabul
Chop etilgan vaqti: 16/09/2019 18:04
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing